locale OZ

Nunes yozda Saudiya klubiga o'tishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nunes yozda Saudiya klubiga o'tishi mumkin
Photo: Getty Images

“Al Hilol” rahbariyati “Liverpul”ning urugvaylik hujumchisi Darvin Nunesni yozda o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Bu haqda TeamTalk xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “qizillar” urugvaylik futbolchini sotishga tayyor. Bu orqali "Liverpul" 2022 yilda Nunes uchun to'langan 85 million euroning katta qismini qaytarib olmoqchi.

Mersisayd klubi rahbarlari Nunes bo'yicha qo'yiladigan narxni "Al Hilol" bajara olishiga ishonishmoqda.

Ma'lumot uchun, Darvin Nunes "Liverpul"dagi faoliyati davomida 138 o'yin o'tkazib, 40 ta gol urg'an va 26 assistni qayd etgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting