locale OZ

Nunes «Al-Hilol»da qancha maosh olishi ma’lum

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nunes «Al-Hilol»da qancha maosh olishi ma’lum
Photo: Getty Images

«Liverpul» hujumchisi Darwin Nunes Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubiga o'tishga yaqin turibdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, urugvaylik futbolchi yangi klubi bilan 2028 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Nunes Saudiya Arabistonida uch mavsum davomida 66 million yevro ishlab topadi.

Eslatib o'tamiz, Nunes 2022 yildan beri «Liverpul» safida to'p surmoqda. Bu davr mobaynida u barcha turnirlarda 143 ta o'yinda maydonga tushib, 40 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Mersisaydliklar uni «Benfika»dan 85 million yevroga sotib olishgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting