locale OZ

Noyer «Shalke»ning Bundesligaga qaytishini xohlamoqda

Germaniyalik posbon shu klubning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Noyer «Shalke»ning Bundesligaga qaytishini xohlamoqda
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyer «Shalke»ni yana Bundesligada ko‘rishni istayotganini aytdi.

U ushbu klub tarbiyalanuvchisi bo‘lib, katta futbolga ham aynan «Shalke» safida kirib kelgan va 2006–2011 yillar oralig‘ida jamoa sharafini himoya qilgan.

«Albatta, bu juda ajoyib bo‘lardi. Ular bunga anchadan beri intilishmoqda va ehtimol yangi murabbiy bilan mavsum boshlanishi bunchalik yaxshi ketadi deb o‘ylamagan hamdir. Dastlab biroz shubhalar bo‘lgan bo‘lishi mumkin, ammo ular yaxshi sur’atga kirdi. Ular o‘zlariga sodiq qolishyapti, murabbiy va shtab ko‘rsatmalariga amal qilishmoqda.

Ularning mehnati ko‘rinib turibdi, endi hammasi o‘z qo‘llarida. Muhimi, «Shalke» diqqatni yo‘qotmasin va o‘z o‘yin uslubida davom etsin», — deya Noyerdan iqtibos keltiradi Sky Sport Germany.

Hozirda «Shalke» 31 ochko bilan Ikkinchi Bundesligada peshqadamlik qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting