Noyer: «Real» qanday zarba bera olishini avval ham hamma koʻrgan, biroq biz oʻzimizga ishonamiz»
«Bavariya» darvozaboni «Real»ga qarshi oʻyin oldidan oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
FOTO: Getty Images
Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyer UEFA Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida Madridning «Real» klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan javob uchrashuvi oldidan o‘z kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi.
Dastlabki o‘yinda Germaniya jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.
«Bizda faqat bitta golli ustunlik bor, o‘yin har qanday ssenariy bo‘yicha rivojlanishi mumkin. «Real»ga qarshi o‘ynash doim qiyin, biroq biz biroz kuchliroqmiz, qolaversa, o‘z uyimizdagi muhit ham bizga yordam beradi.
Bahsni yaxshi holatda boshlaymiz, lekin o‘zimizga haddan tashqari ishonib ketmasligimiz kerak, chunki «Real» qanday zarba bera olishini hamma avval ham ko‘rgan. Shunday bo‘lsa-da, biz o‘zimizga ishonamiz!» — dedi Noyer.
Nasrullo Karimov
Jurnalist