locale OZ

Noyer Messidan oʻzib ketdi

«Bavariya» darvozaboni «Real»ga qarshi oʻyinni asosiy tarkibda boshladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Noyer Messidan oʻzib ketdi
FOTO: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyer UEFA Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida Madridning «Real» klubiga qarshi kechayotgan dastlabki uchrashuvda ishtirok etmoqda. Bu germaniyalik posbon uchun Ko‘hna qit’aning eng nufuzli klublararo turnirida myunxenliklar asosiy tarkibidagi 137-o‘yin bo‘ldi.

Shu tariqa, u Chempionlar Ligasidan bir jamoa safida asosiy tarkibda maydonga tushish bo‘yicha «Barselona»ning sobiq hujumchisi Lionel Messini (136) ortda qoldirdi.

Chempionlar Ligasida bitta klub safida asosiy tarkibda eng ko‘p uchrashuv o‘tkazish bo‘yicha rekord «Real»ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyasga tegishli (149 ta o‘yin).

Ma’lumot uchun, 1/8 final bosqichida «qaymoqranglilar» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Manchester Siti»ni 5:1 hisobida mag‘lub etishgan edi. Myunxenliklar esa xuddi shu bosqichda «Atalanta»ni umumiy 10:2 hisobida tormor keltirishgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting