Noyer kelasi yil faoliyatini yakunlaydi
40 yoshli posbon yana bir mavsum «Bavariya»da qolishga qaror qilgan.
ФОТО: Getty images
«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer professional futbolchilik faoliyatidagi so‘nggi mavsumini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Bayern & Germany nashri Sport Bild'ga tayanib xabar berishicha, Myunxen klubi sardori kelasi yilning yozida faoliyatini yakunlashni rejalashtirmoqda.
Manbaga ko‘ra, Noyerning yaqinlari o‘tgan mavsumni uning butun faoliyatidagi eng yoqimli mavsumlardan biri sifatida baholamoqda. Shuningdek, tajribali darvozabon Germaniya milliy jamoasiga qaytganidan ham afsuslanmayotgani aytilmoqda.
40 yoshli posbon yana bir mavsum «Bavariya»da qolishga qaror qilgan. U faoliyatini Chempionlar ligasi g‘olibligi bilan yakunlash va muxlislar bilan munosib xayrlashishni maqsad qilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist