Noyer kelajagi bo‘yicha fikr bildirdi
Uning shartnomasi mavsum yakunida nihoyasiga yetadi.
ФОТО: Getty images
"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer shartnomani uzaytirish bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirdi.
39 yoshli darvozabonning myunxenliklar bilan amaldagi kelishuvi kelasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi.
"Hammasi kayfiyatga bog‘liq bo‘ladi. Mavsumning ikkinchi yarmida ko‘ramiz. Men bu haqda mart oyiga yaqin, xalqaro tanaffus paytida o‘ylay boshlayman," – dedi Noyer.
Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” Noyer bilan kelishuvga erishsa, kelasi yozda yangi darvozabon sotib olmoqchi emas.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist