locale OZ

Noyer Kasilyasni ortda qoldirib, YChLda eng koʻp gʻalaba qozongan darvozabonga aylandi

«Bavariya» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «Bryugge»ni yirik hisobda magʻlub etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Noyer Kasilyasni ortda qoldirib, YChLda eng koʻp gʻalaba qozongan darvozabonga aylandi
FOTO: Getty Images

«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer UEFA Chempionlar ligasi tarixida eng koʻp gʻalaba qozongan posbon sifatida rekord oʻrnatdi.

22 oktyabr, chorshanba kuni myunxenliklar oʻz maydonida «Bryugge»ni yirik hisobda magʻlub etdi (4:0). Ushbu bahsda 39 yoshli Noyer «Bavariya» darvozasini qo‘riqladi.

Bu Noyer uchun Chempionlar ligasidagi 102-g‘alaba boʻldi. Shu tariqa, germaniyalik posbon turnir tarixidagi darvozabonlar orasida mutlaq rekord oʻrnatdi. U bu koʻrsatkich boʻyicha «Real»ning sobiq posboni Iker Kasilyasni ortda qoldirdi.

Eslatib oʻtamiz, Noyer 2011 yildan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 16 ta oʻyinda maydonga tushib, 13 ta gol oʻtkazib yubordi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting