locale OZ

Noyer: «Hammasi aynan shunday tugagani alamli»

Noyer Germaniya terma jamoasi tarkibida 2009 yilda debyut qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Noyer: «Hammasi aynan shunday tugagani alamli»
ФОТО: Getty images

Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer bundestim tarkibidagi so‘nggi turniri qanday yakunlangani munosabati bilan afsus bildirdi.

Avvalroq 40 yoshli darvozabon 2026 yilgi jahon chempionati milliy jamoadagi so‘nggi musobaqasi bo‘lishini ma’lum qilgan edi.

Germaniya terma jamoasi jahon chempionatini 1/16 final bosqichida, Paragvayga imkoniyatni boy berib (1:1, penaltilar seriyasida 3:4) tark etdi. Noyer uchrashuvning butun vaqtini o‘ynadi va o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida bir zarbani qaytardi.

«Hammasi aynan shunday tugagani juda ham alamli», — deb yozadi Bayern & Germany akkaunti X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida 40 yoshli darvozabonning so‘zlarini keltirib.

Noyer Germaniya terma jamoasi tarkibida 2009 yilda debyut qilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting