Noyer «Frayburg»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Vensan Kompani gapirib o‘tdi.
ФОТО: Getty images
“Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer Bundesliganing 11-turidan o‘rin olgan “Frayburg”ga qarshi o‘yinda maydonga tushmasligi mumkin.
Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Vensan Kompani gapirib o‘tdi.
“Manuelning holatiga kelsak, hammasini ochiq aytish kerak. Noyer kasal bo‘lib qolgani sababli so‘nggi mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubordi”, — dedi Kompani.
Ma’lumot o‘rnida, “Bavariya” – “Frayburg” bahsi bugun, 22 noyabr kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:30 da start oladi.
Umuman olganda, Manuel Noyer joriy mavsumda myunxenliklar safida 14 o‘yinda maydonga tushib, 10 marta o‘z darvozasidan to‘p olib chiqdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist