Noyer Bundesliga rekordini o‘rnatdi
Manuel sobiq jamoadoshi Thomas Myullerni ortda qoldirdi.
ФОТО: Getty images
“Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer Bundesligada eng ko‘p g‘alaba qozongan futbolchi sifatida rekord o‘rnatdi.
39 yoshli posbon shanba kuni Dortmundning “Borussiya”siga (2:1) qarshi o‘yinda maydonga tushib, jamoasi bilan g‘alaba qozongan edi.
Bu esa uning Bundesligadagi 363-g‘alabasi bo‘ldi va ushbu natija musobaqa tarixidagi mutlaq rekord hisoblanadi.
Myunxen klubining sardori bu ko‘rsatkich bo‘yicha o‘zining sobiq jamoadoshi Thomas Myullerni (362 g‘alaba) ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, Manuelning “Bavariya” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali Noyerni 4 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist