Noyer «Bavariya» bilan shartnomasini uzaytiradi
Noyer 2011 yildan beri "Bavariya" sharafini himoya qilib kelmoqda.
ФОТО: Getty images
"Bavariya"ning germaniyalik darvozaboni Manuel Noyer klubda uzoq vaqt qolishni istamoqda. Bu haqida Bild xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 39 yoshli kipyer klub bilan amaldagi shartnomasi yakunlangach, futbolchilik faoliyatini davom ettirish haqida o'ylamoqda.
Eslatib o'tamiz, uning "Bavariya" bilan amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yozda o'z nihoyasiga yetadi.
Ma'lumot uchun, Noyer 2011 yildan beri "Bavariya" sharafini himoya qilib kelmoqda.
Bu mavsumda u barcha musobaqalarda sakkizta o'yinda maydonga tushib, uchta uchrashuvda o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist