Novak Jokovich Monte-Karlo «Masters» turnirini o‘tkazib yuboradi
«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi turnirlarning 24 karra g‘olibi, dunyoning uchinchi raqamli tennischisi Novak Jokovich Monte-Karloda bo‘lib o‘tadigan «Masters» musobaqasidan chiqib ketdi. Bu haqda turnir matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Novak Jokovich turnirda ishtirok etishdan voz kechdi. Biz unga eng ezgu tilaklarimizni yo‘llaymiz va tez orada kortda ko‘rishga umid qilamiz», — deyiladi turnir matbuot xizmati bayonotida.
Serbiyalik tennischi 2011 yildan buyon ilk bor ushbu turnirni o‘tkazib yubormoqda. Avvalroq, Jokovich o‘ng yelkasidagi jarohat sababli Mayami (AQSH) «Masters»ida ham ishtirok eta olmagan edi.
Monte-Karlo «Masters» turniri 5 apreldan 12 aprelga qadar bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning amaldagi chempioni ispaniyalik Karlos Alkaras hisoblanadi. O‘tgan yilgi finalda u italiyalik Lorenzo Muzettini (3:6, 6:1, 6:0) mag‘lub etgan edi.