Novak Jokovich jarohati sabab Mayamidagi «Masters» turnirida ishtirok etmaydigan boʻldi
«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi turnirlarning 24 karra chempioni, dunyoning uchinchi raketkasi serbiyalik tennischi Novak Jokovich o‘ng yelkasidagi jarohati sababli Mayamida (AQSH) o‘tkaziladigan «Masters» turnirida ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Tennis One App xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Mayami «Masters» turnirida finalgacha yetib borgan Jokovich hal qiluvchi bahsda chexiyalik Yakub Menshikka 6:7 (4:7), 6:7 (4:7) hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Serbiyalik tennischi ushbu turnirda olti bor (2007, 2011, 2012, 2014, 2015 va 2016 yillarda) g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Joriy yilda ATP-1000 toifasidagi mazkur musobaqa 18-23 mart kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Jokovich Indio-Uellsdagi (AQSH) «Masters» turnirida qatnashib, to‘rtinchi davrada o‘tgan yilgi chempion, britaniyalik tennischi Jek Dreyperga 6:4, 4:6, 6:7 (5:7) hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.