«Nottinghem Forest» Postekogluni iste'foga chiqarmoqchi
Anje qo'l ostida jamoa birorta ham g'alaba qozona olmadi.
ФОТО: Getty images
“Nottinghem Forest” klubi bu mavsumda ikkinchi marta bosh murabbiyni iste'foga chiqarishi mumkin. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.
Klub egasi Evangelos Marinakis avstraliyalik mutaxassis Anje Postekogluni ishdan bo'shatish masalasini ko'rib chiqmoqda.
Agar u vazifasidan ozod etilsa, asosiy nomzod sifatida Shon Daych nomzodi ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatib o'tamiz, 9 sentabr kuni Nunu Eshpiritu Santudan qabul olgandi. Bu vaqt davomida 7 o‘yinda biror marotaba ham g‘alaba qozona olmagandi.
Qayd etilishicha, Postekoglu uchun 18 oktabr kuni bo‘ladigan “Chelsi”ga qarshi o‘yin so‘nggi imkoniyat bo‘lishi kutilmoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist