locale OZ

“Nottingham Forest” Kot-d’Ivuar terma jamoasi himoyachisini transfer qildi-

22 yoshli futbolchi Angliya klubi bilan 2030-yil yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
“Nottingham Forest” Kot-d’Ivuar terma jamoasi himoyachisini transfer qildi-
Foto: Getty Images

“Nottingham Forest” Kot-d’Ivuar terma jamoasi markaziy himoyachisi Usman Diomandeni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi. 22 yoshli futbolchi Angliya klubi bilan 2030-yil yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.

Diomande “Nottingham Forest”ga Lissabonning “Sporting” klubidan ko‘chib o‘tdi. Klublar transfer summasini rasman oshkor qilmagan, biroq OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ingliz klubi himoyachi uchun taxminan 40 million yevro to‘lagan.

Kot-d’Ivuarlik futbolchi 2023-yildan buyon “Sporting” sharafini himoya qilib kelayotgandi. U Portugaliya klubining asosiy futbolchilaridan biriga aylangan va jamoa bilan ichki musobaqalarda sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

O‘tgan mavsumda Diomande barcha musobaqalarda 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi. Shuningdek, u Kot-d’Ivuar milliy terma jamoasi safida ham muntazam to‘p tepib kelmoqda. Endi 22 yoshli himoyachi faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettiradi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting