«Nottingham Forest» Igor Tiago uchun 82 mln yevro taklif qildi
"Brentford" hujumchisi Igor Tiago "Nottingham Forest" safiga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Rudi Galetti xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "Nottingham Forest" braziliyalik forvard uchun "Brentford"ga 82 million yevrolik rasmiy taklif yuborgan. London klubi futbolchini sotishga hozircha shoshilmayapti, biroq unga bir necha jamoalar qiziqish bildirayotgani sababli transfer amalga oshishi ehtimoli yuqori.
Ma'lumot uchun, 25 yoshli Tiago yangi mavsum Premier-ligasining 1-turida "Tottenhem"ga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. "Brentford" 3:0 hisobida ishonchli g'alaba qozongan bo'lsa-da, braziliyalik hujumchi 83 daqiqa davomida samarali harakat bilan ajralib tura olmadi.
Tiagoning "Brentford" bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo'ljallangan.