«Nottingem» «Siti» futbolchisiga taklif yubordi
Photo: Getty Images
"Manchester Siti"ning qanot himoyachisi Rico Lewis "Nottingem Forest" qiziqish doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Foot Mercato nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "o'rmonchilar" 20 yoshli futbolchi uchun "shaharliklar"ga 25 million yevro va bonus sifatida yana 5 million yevro taklif qilishgan.
Biroq, "Manchester Siti" Lewisni "Nottingem Forest"ga sotishdan bosh tortgan.
O'tgan mavsumda manchesterliklar tarbiyalanuvchisi barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Transfermarkt portali mutaxassislari Lewisning narxini 40 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist