locale OZ

«Nottingem Forest» Zinchenko bilan ijara shartnomasini muddatidan avval bekor qilmoqchi

Ukrainalik futbolchi joriy mavsum 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Nottingem Forest» Zinchenko bilan ijara shartnomasini muddatidan avval bekor qilmoqchi
FOTO: Getty Images

«Nottingem Forest» «Arsenal» himoyachisi Aleksandr Zinchenko bilan ijara shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishga tayyor. Bu haqda jurnalist Sami Mokbel X ijtimoiy tarmog‘ida BBC’ga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, shartnomada transferni muddatidan oldin to‘xtatish mexanizmi mavjud emas, shu sababli bu masalani hal qilish mas’uliyati to‘liq «Forest» zimmasida.

Qayd etilishicha, «Arsenal» tarkibi allaqachon to‘liq shakllangan va klubda ukrainalik futbolchining qaytishini kutishmayapti.

2025/2026 yilgi mavsumda Aleksandr Zinchenko klub darajasida barcha musobaqalarda 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi, biroq gol yoki assist bilan ajralib chiqmadi.

Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 15 mln yevro deb baholamoqda. Futbolchining ijarasi joriy mavsum oxirigacha mo‘ljallangan bo‘lib, aynan shu vaqtda uning «kanonirlar» bilan shartnomasi ham yakuniga yetadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting