locale OZ

«Nottingem Forest» va Daych o‘zaro kelishib olishgan

Avvalroq, Manchini ushbu klubning taklifini rad etgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Nottingem Forest" va Daych o‘zaro kelishib olishgan
ФОТО: Getty images

Anje Postekoglu iste'foga chiqarilgach, "Nottingem Forest"ni kim boshqarishi ma'lum bo‘ldi.

Insayder Fabrizio Romanoning ma'lum qilishicha, "Everton"ning sobiq ustozi Shon Daych "o‘rmonchilar" bosh murabbiyi bo‘ladi.

Hozirda tomonlar muzokaralarning yakuniy bosqichini o‘tkazishmoqda.

Avvalroq, "Nottingem Forest" va Roberto Manchini o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so‘ng, klub Daych bilan shartnomani deyarli kelishib olgan.

"Nottingem Forest" 8 turdan so‘ng xavfli zonada qolmoqda va turnir jadvalida 18-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida atigi besh ochko bor.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting