locale OZ

«Nottingem Forest» Sanchoga taklif tayyorlamoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Nottingem Forest" Sanchoga taklif tayyorlamoqda
Photo: Getty Images

"Manchester United" vingeri Jeydon Sancho faoliyatini "Nottingem Forest"da davom ettirishi mumkin.

The Sun xabar berishicha, "o‘rmonchilar" "Nyukasl"ga o‘tgan Entoni Elangaga o‘rinbosar sifatida 25 yoshli futbolchini olib kelmoqchi.

Klub rahbariyati Jeydonning yuqori sport formasida o‘ynay olishiga ishonadi va unga taklif bilan chiqishga tayyor.

Sancho o‘tgan mavsum "Chelsi" safida ijarada to‘p tepgan edi. U barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Bahrom Bobonov
Bahrom Bobonov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting