«Nottingem Forest» Reyndersni sotib olmoqchi
Angliyaning "Nottingem Forest" klubi "Manchester Siti" yarim himoyachisi Tidjani Reyndersni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 28 yoshli niderlandiyalik markaziy yarim himoyachi "o‘rmonchilar"ning ushbu transfer oynasidagi eng ustuvor maqsadlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, "Manchester Siti" futbolchi bo‘yicha 70 million yevro atrofidagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" Reyndersni o‘tgan yozda Italiyaning "Milan" klubidan 55 million yevro evaziga xarid qilgan edi.
Niderlandiyalik yarim himoyachi "Manchester Siti" safida hozirgacha 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi hamda 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.