«Nottingem Forest» Migelni sotib yubordi
Фото: Getty Images
"Nottingem Forest" darvozabon Carlos Migelni “Palmeyras”ga transfer qildi.
Globo Esporte xabariga ko'ra, 2024 yilning iyul oyida 3,3 million funtga sotib olingan, bo‘yi 204 sm bo‘lgan darvozabon Braziliya klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi.
Klub Migelning transferi uchun 5,5 million yevro to‘lagan. Shuningdek, 500 ming yevro bonus sifatida berilgan. Migel qayta sotilgan taqdirda “Nottingem” 20 foiz ulush olishi shartnomaga kiritilgan.
Carlos Migel Premer-ligada birorta ham o‘yin o‘tkazmagan, lekin ikki marta Angliya Kubogida va bir marta Angliya Liga Kubogida maydonga tushgan.
Bahrom Bobonov
Redaktor