locale OZ

«Nottingem Forest» Makati borasida «Siti»ga taklif yubordi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Nottingem Forest" Makati borasida "Siti"ga taklif yubordi
Photo: Getty Images

"Manchester Siti" va "Nottingem Forest" Jeyms Makati transferi bo‘yicha kelishuvga yaqinlashmoqda. Bu haqda Fabrizio Romano xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, "shaharliklar" yarim himoyachi uchun "Nottingem"ning 25 million funtlik taklifini rad etgan edi.

Hozirda tomonlar muzokaralarni faol tarzda olib bormoqda va kelishuvi tez orada yakunlanishi mumkin. Futbolchining transfer summasi 20 million funtdan oshadi. "Nottingem Forest" ushbu kelishuv amalga oshishiga ishonch bildirayotgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 22 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 27 ta bahsda maydonga tushib, 7 ta gol urgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting