“Nottingem Forest” Liam Delap transferini rasman e’lon qildi
“Nottingem Forest” “Chelsi” hujumchisi Liam Delapni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman ma’lum qildi. 23 yoshli angliyalik futbolchi yangi klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi.
Delap “Nottingem Forest” safida 19-raqam ostida to‘p tepadi. Hujumchining aytishicha, u klub bosh murabbiyi bilan suhbatlashgan va uning g‘oyalari o‘ziga ma’qul kelgan. Futbolchi yangi jamoasiga gollari bilan yordam berishni maqsad qilgan.
Angliyalik forvard “Chelsi” safida bir mavsum o‘tkazdi. U London klubi tarkibida barcha musobaqalarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, Delap endilikda faoliyatini APL vakili “Nottingem Forest” safida davom ettiradi. Klub uning transferini 27-avgust kuni rasman tasdiqladi.