locale OZ

«Nottingem Forest» joriy mavsum uchinchi marta murabbiyini isteʼfoga chiqardi

Avvalroq «o‘rmonchilar» Shon Daych bilan xayrlashganini eʼlon qilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Nottingem Forest» joriy mavsum uchinchi marta murabbiyini isteʼfoga chiqardi
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Nottingem Forest» klubi bosh murabbiy Shon Daych bilan xayrlashganini rasman e’lon qildi. Bu bilan klub joriy mavsumning o‘zida uchinchi bor bosh murabbiyini almashtirib, o‘ziga xos antirekord o‘rnatdi.

Klubning rasmiy saytida e’lon qilingan xabarda shunday deyiladi:

«Nottingem Forest» futbol klubi Shon Daych bosh murabbiylik lavozimidan ozod etilganini tasdiqlaydi. Biz Shon va uning murabbiylar shtabiga klubdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda ularning kelgusi ishlariga omad tilaymiz. Hozircha bu borada qo‘shimcha izoh berilmaydi».

Qayd etish joizki, «Nottingem» rahbariyati joriy mavsumda barqarorlikni ta’minlash yo‘lida qat’iy choralarga qo‘l urmoqda. Daychga qadar klub Nunu Eshpiritu Santu va Angelos Postekoglu kabi mutaxassislar bilan ham hamkorlikni to‘xtatgan edi. Biroq bu o‘zgarishlar jamoaning natijalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatgani yo‘q.

Ayni damda «Nottingem Forest» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 17-pog‘onani egallab turibdi. Jamoa xavfli hudud — quyi ligaga tushib ketish zonasi yoqasida turgani rahbariyatni yangi xaloskor izlashga majbur qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting