locale OZ

«Nottingem Forest» Jonsni transfer qilishni rejalashtirmoqda

Futbolchining «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Nottingem Forest» Jonsni transfer qilishni rejalashtirmoqda
ФОТО: Getty images

«Nottingem Forest» «Liverpul» yarim himoyachisi Körtis Jonsni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Daily Mail jurnalisti Lyuis Stil xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «o‘rmonchilar» Jonsni «Manchester Siti»ga o‘tib ketgan Elliot Andersonning munosib o‘rinbosari sifatida ko‘rmoqda.

Shuningdek, 25 yoshli futbolchining o‘zi ham joriy yozgi transfer oynasida «Liverpul»ni tark etish niyatida. Mersisayd klubi esa uning transferidan 35–40 million funt sterling (taxminan 40–45 million yevro) ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Jons o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Futbolchining «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting