“Nottingem Forest” hujumchisi Tayvo Avoniy sun’iy komadan chiqdi
27 yoshli Taiwo Awoniyi 11 may kuni APLning 36-turidan o‘rin olgan “Nottingem Forest” – “Lester” (2:2) uchrashuvida og‘ir jarohat oldi. U 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va to‘rt daqiqadan so‘ng Entoni Elanganing uzatmasini yopishga harakat qilib, yugurish paytida raqib darvozasining to‘siniga borib urildi.
Klub xabariga ko‘ra, futbolchiga shoshilinch jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan va u ayni paytda yaxshi tiklanmoqda. Operatsiyadan so‘ng shifokorlar uni sun’iy komadan chiqardilar. Hozirgi vaqtda Taiwo shifoxonada oila a’zolari bilan birga, shifokorlar nazoratida qolmoqda.
Awoniyi “Nottingem Forest” klubiga 2022 yil yozida Berlinning “Union” jamoasidan 20,5 million yevroga o‘tgan edi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.