«Nottingem Forest» Hudson-Odoi bilan shartnomani uzaytirdi
Фото: Getty Images
"Nottingem Forest" klubi yarim himoyachisi Kallum Hudson-Odoi jamoa bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
24 yoshli ingliz futbolchisi “o‘rmonchilar” bilan 2028 yilning yozigacha bitim imzoladi.
“Bu mening uyim. Bu yerda har bir onni yaxshi ko‘raman. Birinchi kundan beri ko‘rsatilgan barcha qo‘llab-quvvatlash va muhabbatni qadrlayman. Bizda juda kuchli jamoa bor. Faoliyatimni davom ettirish va bu sayohatdan zavqlanishni sabrsizlik bilan kutyapman”, — deydi Hudson-Odoi klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.
U o‘tgan mavsum jamoa safida APLda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 2 ta assist qayd etgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist