locale OZ

«Nottingem Forest» Glasnerni bosh murabbiy etib tayinladi

Tomonlar o'rtasidagi shartnoma muddati oshkor qilinmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Nottingem Forest» Glasnerni bosh murabbiy etib tayinladi
ФОТО: Getty images

"Nottingem Forest" rasmiy saytida Oliver Glasner jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangani e'lon qilindi.

50 yoshli avstriyalik mutaxassis ushbu lavozimda Vitor Pereyrani almashtirdi. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma muddati oshkor qilinmayapti.

"Klub xo'jayini va rahbariyat bilan birinchi suhbatdan keyinok ularda klub kelajagi borasida aniq qarash mavjudligi, shuningdek, men va shtabimga to'liq ishonch borligi ayon bo'ldi. Bu va amaldagi tarkibning salohiyati qaror qabul qilishimda asosiy omil bo'ldi", — dedi Glasner tayinlovdan so'ng.

Bundan avval Glasner "Kristal Pelas" bilan ishlagan va u yerda 3 ta sovrin qo'lga kiritgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting