«Nottingem Forest» Gibbs-White bilan shartnomani uzaytirdi
Фото: Getty Images
“Nottingem Forest” Morgan Gibbs-White bilan shartnomani 3 yilga uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
“Bu bizning rahbarimiz Evangelos Marinakis tomonidan klub maqsadlarining amalga oshirilishi uchun tashlangan muhim qadam: Morgan Gibbs-White klubimiz bilan 2028 yil yozigacha amal qiladigan shartnomaga imzo chekdi”, — deyiladi “Nottingem Forest” bayonotida.
O‘tgan mavsumda Gibbs-White APLda 34 o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 8 ta assist muallifi bo‘ldi. Ushbu ikki ko‘rsatkich bo‘yicha u jamoasida 2-o‘rinni egalladi.
Bahrom Bobonov
Redaktor