«Nottingem Forest» Duglas Luis bilan kelishib oldi
Фото: Getty Images
“Yuventus” yarim himoyachisi Duglas Luis yana Angliya Premer-ligasida to‘p tepadi. Bu haqda Globo xabar tarqatmoqda.
Futbolchi “Nottingem Forest” bilan kelishuvga erishdi. “O‘rmonchilar” braziliyalik futbolchining transferi uchun 30 million yevro sarflaydi. Luis klub bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
“Zebralar” o‘tgan yili uni “Aston Villa”dan sotib olgandi. U A Seriyada 19ta o‘yinda maydonga tushib, birorta ham gol ura olmadi.
Futbolchiga “Vest Hem” klubi ham qiziqish bildirayotgandi. Biroq u London klubi bilan kelisha olmadi.
Bahrom Bobonov
Redaktor