«Nottingem Forest» Andersonni sotishga tayyor. Unga transfer narxi belgilandi
Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
ФОТО: Getty images
"Nottingem Forest" yarim himoyachisi Elliot Anderson faoliyatini top-klubda davom ettirishi mumkin.
The Athletic nashrining xabariga ko‘ra, "Manchester United" xavbek bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda. Biroq "o‘rmonchilar" Andersonning transferidan kamida 144 million yevro ishlab olmoqchi.
Elliot Anderson 2024 yilda "Nyukasl"dan "Nottingem"ga 41 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda yarim himoyachi "Nottingem Forest" safida barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist