locale OZ

«Nottingem Forest» Aleksandr Zinchenkoni Arsenal’dan ijaraga oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Nottingem Forest» Aleksandr Zinchenkoni Arsenal’dan ijaraga oldi
Фото: Getty Images

Aleksandr Zinchenko “Arsenal”dan “Nottingem Forest”ga ijara asosida o‘tdi. Bu haqda “o‘rmonchilar”ning rasmiy saytida xabar berildi.

Futbolchining yangi jamoasi bilan ijara shartnomasi bir yilga mo‘ljallangan.

O‘tgan mavsumda Zinchenko barcha musobaqalarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, bir gol urdi va bir golli uzatma yo‘lladi.

Futbolchi shu paytgacha “Ufa”, “Manchester City” va PSV klublarida ham to‘p surgan. Manchesterdaliklar safida u to‘rt marta Angliya chempioni bo‘lgan, to‘rt marta Angliya Liga Kubogini qo‘lga kiritgan, shuningdek, mamlakat Kubogi va Superkubogida ham bir martadan g‘alaba qozongan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting