locale OZ

Norvengiya terma jamoasi JCh-2026ga o‘zi bilan bir tonnadan ortiq oziq-ovqat olib keldi

«Vikinglar» birinchi turda Iroqni yirik hisobda magʻlub etdi.
Futbol
Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Norvengiya terma jamoasi JCh-2026ga o‘zi bilan bir tonnadan ortiq oziq-ovqat olib keldi
FOTO: Getty Images

Norvengiya milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun o‘zi bilan birga bir tonnadan ziyod maxsus oziq-ovqat mahsulotlarini olib keldi. Bu haqda Diario AS nashri xabar tarqatdi.

Norvegiyaliklarning AQShning Shimoliy Karolina shtati, Grinsboro shahridagi qarorgohiga keltirilgan mahsulotlar ro‘yxatidan 6000 dona apelsin, 300 kg Atlantika lososi va oq baliq, shuningdek, 116 kg milliy jigarrang pishloq o‘rin olgan.

Bundan tashqari, futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan birga terma jamoaning shaxsiy shef-oshpazi ham AQShga tashrif buyurgan. Bunday yuqori tayyorgarlik futbolchilarning parhez sifati barqarorligini ta’minlash hamda ularning hazm qilish tizimi, uyqu sifati yoki o‘yinlarga tayyorgarligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday kutilmagan xavflarni bartaraf etishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, guruh bosqichining 1-turida Iroq terma jamoasi ustidan qozonilgan ishonchli g‘alabadan (4:1) so‘ng, Norvengiya "I" guruhida birinchi o‘rinni egallab turibdi. Guruhning keyingi turlarida jamoa Senegal (23-iyun) va Fransiya (26-iyun) terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting