locale OZ

Norvegiya FIFA’dan Balogun ishi bo‘yicha xatosini tan olishni talab qildi

Mamlakat futbol federatsiyasi FIFA Etika qoʻmitasiga rasmiy shikoyat kiritmoqchi.
Norvegiya FIFA’dan Balogun ishi bo‘yicha xatosini tan olishni talab qildi
FOTO: Getty Images

Norvegiya futbol federatsiyasi FIFA rahbariyatidan AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogun bilan bog‘liq bahsli qaror yuzasidan xato qilinganini rasman tan olishni talab qilmoqda. Federatsiya prezidenti Lise Klaveness yaqin kunlarda FIFA Etika qo‘mitasiga rasmiy shikoyat kiritishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

Norvegiyaliklar fikricha, Balogunning qizil kartadan keyingi diskvalifikatsiyasining bekor qilinishi FIFA qarorlarining mustaqilligiga putur yetkazgan. Shuningdek, ular bu jarayonda siyosiy aralashuv bo‘lgani haqidagi iddaolarni ham tekshirishni talab qilmoqda.

Klavenessning ta’kidlashicha, FIFA ushbu voqea yuzasidan ochiq pozitsiya bildirib, xatoga yo‘l qo‘yilganini tan olishi futbol boshqaruviga bo‘lgan ishonchni tiklash uchun muhim qadam bo‘ladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting