locale OZ

No‘mon Hasanov «Istaravshan» jamoasining bosh murabbiyiga aylandi

“Istaravshan” 2026-yilgi mavsumni muvaffaqiyatsiz boshladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
No‘mon Hasanov “Istaravshan” jamoasining bosh murabbiyiga aylandi
Фото: Истаравшан

O‘zbekistonlik taniqli mutaxassis No‘mon Hasanov Tojikistonning “Istaravshan” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Ta’kidlash joiz, bu Hasanovning “Istaravshan”dagi uchinchi faoliyati hisoblanadi. U avval 2022-yilda hamda 2024-yilgi mavsumda Tojikiston klubini boshqargan.

“Istaravshan” 2026-yilgi mavsumni muvaffaqiyatsiz boshladi. Jamoa dastlab Sherali Bobokulov qo‘l ostida harakat qildi, ammo olti turdan so‘ng atigi 3 ochko jamg‘arib, biror marta g‘alaba qozona olmadi. Keyin klub eronlik mutaxassis Amin Subhonini ishga taklif qildi, biroq u bilan ham uzoq muddatli hamkorlik amalga oshmadi.

Endi klub rahbariyati jamoani inqirozdan olib chiqish vazifasini No‘mon Hasanovga ishonib topshirdi. Mutaxassisdan asosiy maqsad — jamoaning natijalarini yaxshilash va “Istaravshan”ning Tojikiston oliy ligasidagi o‘rnini saqlab qolish.

Murabbiy O‘zbekistonda “Paxtakor”, “Qo‘qon-1912” va “Navbahor” kabi jamoalarda ishlagan. “Paxtakor”dagi faoliyati davomida u qariyb bir yil bosh murabbiylik qilgan, shuningdek “Navbahor”da Andrey Kanchelskisning yordamchisi sifatida faoliyat yuritgan.

Farhod Fayziyev
Farhod Fayziyev
Ekspert
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting