locale OZ

Noʻmon Hasanov «Istaravshan» bosh murabbiyligidan ketdi

Bu haqda Sports24.uz xabar berdi.
Noʻmon Hasanov «Istaravshan» bosh murabbiyligidan ketdi
ФОТО: Getty images

O‘zbekistonlik taniqli mutaxassis Noʻmon Hasanov Tojikistonning «Istaravshan» klubi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Bu haqda Sports24.uz xabar berdi.

Hasanov uchun «Istaravshan» begona jamoa emas. U Tojikiston klubini bir necha bor boshqargan. Ilk bor mutaxassis 2022 yilda «Istaravshan» boshqaruvini qo‘lga olgan edi. O‘sha mavsumda jamoa Tojikiston chempionatida murakkab vaziyatga tushib qoldi va mavsum yakunida yuqori divizionni tark etdi.

Shundan so‘ng Noʻmon Hasanov «Xo‘jand» klubida ham ishladi. 2023 yil may oyida u ushbu jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangan, ammo natijalar qoniqarli bo‘lmagani sababli ko‘p o‘tmay klubni tark etgan.

2024 yilda Hasanov yana «Istaravshan»ga qaytdi. U mart oyida jamoa boshqaruvini qabul qilib, bir necha oy ishladi. Avgust oyida esa mutaxassis iste’foga chiqish haqida ariza bergani va keyinchalik klub rahbariyati tomonidan uning so‘rovi qanoatlantirilgani xabar qilingan edi.

2026 yilda esa Hasanov «Istaravshan»ga yana qaytib, jamoani boshqargan edi. Shu tariqa, bu uning Tojikiston klubidagi uchinchi faoliyati bo‘lgandi.

Farhod Fayziyev
Farhod Fayziyev
Ekspert
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting