locale OZ

Nomaʼlum shaxslar Isroillik sportchilarni tunab ketishdi

Qayd etilishicha, oʻgʻrilar pasport va 3 ming dollar miqdoridagi shaxsiy buyumlarni talon-toroj qilishgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nomaʼlum shaxslar Isroillik sportchilarni tunab ketishdi
FOTO: Getty Images

Isroillik sportchi Adam Edelman ijtimoiy tarmoqlar orqali Isroil bobsley terma jamoasi a’zolari istiqomat qilayotgan xonadonga jinoyatchilar bostirib kirgani haqida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sportchilarning pasportlari va 3 ming dollar miqdoridagi shaxsiy buyumlari o‘g‘irlab ketilgan.

«Olimpiadaga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqtimizda jamoamiz xonadoniga bosqinchilar kirib olishdi. Minglab dollar qiymatdagi buyumlar va pasportlar o‘g‘irlandi. Mana shunaqa mavsum... Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Biz jabrdiyda emas, g‘olibmiz. Bizning yo‘limiz — faqat olg‘a intilish.

Biz mashg‘ulotlarni g‘urur bilan davom ettiryapmiz va ushbu O‘yinlarda Isroil sharafini himoya qilayotgan o‘nta ajoyib sportchidan iborat jamoaning bir qismi sifatida haqiqiy kuchimizni ko‘rsatishni intiqlik bilan kutmoqdamiz», — deb yozdi Edelman.

Ma’lum qilinishicha, jamoa budjet cheklanganligi sababli turar joyni ommabop xalqaro servislar orqali ijaraga olgan. O‘g‘rilikdan so‘ng sportchilar xayriya yig‘ilishini e’lon qilishdi. Ularga nafaqat yo‘qotilgan buyumlarni tiklash, balki Olimpiadaga tayyorgarlik uchun olingan kreditni yopish, jihozlar ijarasi va murabbiylar maoshini to‘lash uchun ham mablag‘ zarur. Hozirda saxovatpesha insonlar tomonidan talab etilgan 100 ming dollardan 77 ming dollardan ortig‘i yig‘ib bo‘lingan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting