locale OZ

Nolito Messini qanday to‘xtatish haqida: \"Faqatgina ikkita uxlab qoldiradigan o‘q yordam bera oladi\"

Ispaniyalik sobiq futbolchi Leoni qanday toʻxtatish yoʻlini aytdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nolito Messini qanday to‘xtatish haqida: "Faqatgina ikkita uxlab qoldiradigan o‘q yordam bera oladi"
FOTO: Getty Images

"Barselona" va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Nolito Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messini qanday qilib to‘xtatish mumkinligi haqidagi savolga hazil aralash javob berdi.

"Barcha hurmatni saqlagan holda aytaman, uni umuman to‘xtatishning iloji bormi o‘zi? Buni faqat ta’siri bir necha soatga yetadigan ikkita uxlab qoldiradigan o‘q (drotiq) bilan uddalash mumkin. Bittasi chap oyog‘iga, bittasi o‘ng oyog‘iga. Bu yagona yo‘l. Messini to‘xtatish juda qiyin. Buning deyarli iloji yo‘q, chunki uning kuchli jihatlari haddan tashqari ko‘p.

To‘g‘risini aytsam, Messining o‘yinini tomosha qilish barcha tomoshabinlar uchun haqiqiy zavq bag‘ishlaydi. Imkoniyatimiz borida bundan bahramand bo‘lib qolishimiz kerak. Umid qilamanki, u hali uzoq vaqt to‘p suradi", — deya Nolitoning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Tribal Football nashri Flashscore'ga tayanib.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 19-iyul kuni "Qizil furiya" Jahon chempionati finalida "albiseleste"ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu hal qiluvchi bahs Amerikaning Ist-Raterford shahridagi "MetLife Stadium" stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvni sloveniyalik hakam Slavko Vinshich boshqaradi va o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting