Nodirbek Abdurazzoqov bilan shartnoma uzaytirildi
Olmaliq klubi tarkib barqarorligini ta’minlash maqsadida navbatdagi muhim kelashuvni amalga oshirdi. Jamoamizning mahoratli va sermahsul yarim himoyachisi Nodirbek Abdurazzoqov bilan amaldagi shartnoma muddati uzaytirildi.
Ikki tomonlama kelishuvga ko‘ra, Nodirbek bilan 4 yillik yangi bitim imzolandi. Endilikda iqtidorli futbolchimiz 2029-yil yakuniga qadar «konchilar» sharafini himoya qilib, jamoamiz g‘alabalariga munosib hissa qo‘shishda davom etadi.
Nodirbek Abdurazzoqov o‘zining maydondagi mehnatkashligi, yuqori texnikasi va jamoaviy o‘yinga tez moslashishi bilan murabbiylar ishonchini to‘la oqlab kelmoqda. Uning tarkibda olib qolinishi jamoamizning hujumkorlik sur’atini oshirish va oldingi chiziqdagi samaradorlikni ta'minlash yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamdir.