Nkunku sobiq jamoasiga qaytishi mumkin
Фото: Getty Images
"Leyptsig" Kristofer Nkunkuni qaytarish ustida ishlamoqda. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “buqalar” 27 yoshli hujumchining transferi borasida “Chelsi” bilan muzokara o'tkazmoqda.
Tomonlar Xavi Simonsning ehtimoliy transferini ham muhokama qilmoqda.
Nkunku “Chelsi”ni tark etishga tayyor. London klubi futbolchining transferidan kamida 50 million yevro ishlab olmoqchi.
O'tgan mavsumda Kristofer Premyer-ligada 27 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Bahrom Bobonov
Redaktor