locale OZ

Nkunku qaysi jamoalar qiziqish bildirayotgani ma’lum bo‘ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nkunku qaysi jamoalar qiziqish bildirayotgani ma’lum bo‘ldi
Photo: Getty Images

“Chelsi” hujumchisi Kristofer Nkunku shu yozda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, fransiyalik futbolchi Enzo Mareska qo‘l ostida “ko‘klar”ning asosiy tarkibida o‘zini namoyon qila olmadi va u klubini o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda.

27 yoshli futbolchiga "Bavariya" va "Yuventus" qiziqish bildirgan — Myunxen va Turin klublari vakillari potensial kelishuv haqida ma’lumot so‘rashgan.

Kristofer Nkunku joriy mavsum “Chelsi” safida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 5 ta gollik assistga mualliflik qildi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 45 million yevroni tashkil qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting