Nkunku Londonda qolishi mumkin. Faqat “Chelsea”da emas
U jamoasini o'zgartiradi
Photo: Getty Images
“Chelsea” hujumchisi Kristofer Nkunku faoliyatini “Tottenham”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 27 yoshli fransiyalik futbolchi “Chelsea”ni tark etadi. U klubda ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmagani uchun norozi va ketishga qaror qilgan.
“Tottenham” esa uni o'z safiga qo'shib olishni istamoqda. Nkunkuning transfer narxi Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 45 million yevroga baholanmoqda. Kristoferning "aristokratlar" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil iyun oyining oxirida yakunlanadi.
Angliya Premer-ligasining ortda qolgan mavsumida hujumchi 27ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urgani va 2ta golga hammualliflik qilgani qayd etilgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist