Nkunku «Leyptsig»ga qaytishga rozi bo‘ldi
Bonuslar bilan birga transferning umumiy qiymati 33–35 mln yevro atrofida bo‘lishi mumkin.
ФОТО: Getty images
«Milan» hujumchisi Kristofer Nkunku yaqin vaqt ichida «Leyptsig»ga qaytishi mumkin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, fransiyalik 28 yoshli futbolchi Germaniya klubiga o‘tishga rozilik bergan.
Endi «buqalar» Nkunkuning transferi bo‘yicha «Milan» bilan muzokaralarni faollashtirdi. «Leyptsig» taklif qilayotgan kelishuv formulasi ijara + keyinchalik sotib olish huquqini nazarda tutmoqda.
Bonuslar bilan birga transferning umumiy qiymati 33–35 mln yevro atrofida bo‘lishi mumkin.
Nkunku 2019–2023 yillar oralig‘ida «Leyptsig» sharafini himoya qilgan. Ushbu davrda fransuz hujumchisi jamoa safida 172 ta o‘yin o‘tkazib, 70 ta gol va 56 ta golli uzatma qayd etgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist