Nkunku «Fenerbahche»ning taklifini rad etdi
Uning “rossoneri” bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.
ФОТО: Getty images
“Fenerbahche” klubi “Milan” hujumchisi Kristofer Nkunku transferi ustida ishlamoqda. Bu haqda Fanatik nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Domeniko Tedesko jamoasi “rossoneri”ga 20 million yevrolik rasmiy taklif yuborgan, biroq italiyaliklar bu taklifni qabul qilmagan.
Shunga qaramay, “Fenerbahche” muzokaralarni to‘xtatmoqchi emas. Istanbul klubi fransuz futbolchisini qishki transfer oynasiyoq olib kelish uchun taklif summasini 30 million yevrogacha oshirishga tayyor.
Joriy mavsumda 28 yoshli Nkunku “Milan” safida barcha turnirlarda 15 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli pas muallifi bo‘ldi. Uning “rossoneri” bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist