locale OZ

Nkunku \"Chelsi\"dan ketishga qaror qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nkunku "Chelsi"dan ketishga qaror qildi
Photo: Getty Images

Frantsiyalik hujumchi Kristofer Nkunku “Chelsi”ni tark etishga qaror qildi. Bu haqda Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi London klubini yozda tark etadi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, u “Chelsi”ga 2023 yili 60 mln yevro evaziga “Leyptsig”dan o‘tgan edi.

Joriy mavsum Nkunku APLda 27 o‘yinda 3 gol va 2 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting