locale OZ

Nizomiddin Ziyovutdinov yangi mavsumda «Sho‘rtan»da o‘ynaydi

Nizomiddin jamoa bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nizomiddin Ziyovutdinov yangi mavsumda «Sho‘rtan» sharafini himoya qiladi
Фото: Шўртан ПФК

“Sho‘rtan” futbol klubi tajribali darvozabon Nizomiddin Ziyovutdinovni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Nizomiddin jamoa bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Darvozabon faoliyati davomida OKMK, “Andijon”, “Turon”, “Qo‘qon-1912” va “Aral” jamoalari darvozasini munosib tarzda qo‘riqlagan.

“Nizomiddin Ziyovutdinov yangi mavsumda jamoamiz darvozasi daxlsizligini ishonchli himoya qilib, “Sho‘rtan”ning Superligaga qaytish yo‘lidagi maqsadlariga erishishda muhim hissa qo‘shishiga ishonamiz”, - deyiladi xabarda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting