locale OZ

«Nitsa» Liga 1'da qoldi. «Sent-Eten» javob bahsida yirik hisobda tor-mor etildi

Jamoalar oʻrtasidagi dastlabki bahs 0:0 hisobida durang qayd etilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Nitsa» Liga 1'da qoldi. «Sent-Eten» javob bahsida yirik hisobda tor-mor etildi
FOTO: Getty Images

Fransiya Liga 1 va Liga 2 oʻrtasidagi oʻtish turnirining javob uchrashuvi yakunlandi. Unda Liga 1 vakili «Nitsa» oʻz maydonida «Sent-Eten» jamoasini qabul qildi. Ushbu bahs mezbonlarning 4:1 hisobidagi yirik gʻalabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning birinchi boʻlimida hisob ochilmadi. Ikkinchi boʻlimning 62-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Jonatan Kloss hisobni ochdi. 79-daqiqada «Sent-Eten» safida toʻp surayotgan Zuriko Davitashvili penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi.

Biroq oʻyin yakunida mezbonlar daxshatli temp namoyish etishdi. 81-daqiqada Kail Budash «Nicca»ni hisobda oldinga olib chiqqan boʻlsa, 87-daqiqada Elye Vai jamoasining uchinchi golini kiritdi. Uchrashuvga qoʻshib berilgan daqiqalarda (90+3) esa oʻsha Elye Vai dublini rasmiylashtirib, yakuniy nuqtani qoʻydi.

Jamoalarning dastlabki uchrashuvida 0:0 hisobi qayd etilgan edi. Ikki oʻyin natijasiga koʻra (4:1) gʻalaba qozongan «Nitsa» oʻz oʻrnini saqlab qoldi va kelgusi 2026/2027 yilgi mavsumda ham Fransiya Liga 1 musobaqasida ishtirok etish huquqini kafolatladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting