Nikola Mirkovich — «Soʻgʻdiyona» futbolchisi
Yangi mavsum oldidan oʻz oldiga yuksak maqsadlar va yuqori natijalarni ko‘zlagan “So‘g‘diyona” futbol klubi tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.
Jamoa serbiyalik tajribali darvozabon Nikola Mirkovich bilan kelishuvga erishdi. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi 2026 yil yakuniga qadar mo‘ljallangan.
Nikola Mirkovich professional faoliyati davomida Yevropa futbolida yaxshi tanilgan bir qator klublar safida to‘p surgan. Jumladan:
“Chukarichki”, “Novi Pazar”, “Metalac”, “Dobanovtsi”, “Mladost”, “SønderjyskE” (Daniya), “Atromitos Afina” (Gretsiya), “Rad”, “Spartak”, “Zvezda Gradačac”.
Darvozabonning so‘nggi klubi Serbiyaning “Chukarichki” jamoasi bo‘lgan.
“So‘g‘diyona” futbol klubi Nikola Mirkovichga jamoamiz safidagi faoliyatida omad va yorqin o‘yinlar tilaydi”, - deyiladi klub xabarida.